PORSHENGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASINI TAHLIL QILISH
Keywords:
porshen, ichki yonuv dvigateli, porshen halqalari, issiqlik almashinuvi, porshen sovitish tizimi, alyuminiy qotishmalari, mexanik ishlov berish, termik kuchlanish, dvigatel samaradorligi, konstruktiv yechimAbstract
Ushbu maqolada porshenli dvigatellarda asosiy ishchi detal hisoblangan porshenning konstruktiv tuzilishi, ishlash prinsipi hamda unga ishlov berish texnologiyasi tahlil qilingan. Porshenning asosiy qismlari — kallak va etak (yubka), shuningdek, porshen halqalari, barmog‘i va bobishkalarining funksional vazifalari yoritib berilgan. Porshen materiallari, ularning issiqlik va mexanik yuklamalar ostidagi xatti-harakati, issiqlikning porshen orqali tarqalishi va sovitish usullari batafsil ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy dvigatellarda qo‘llaniladigan porshenlarni majburiy sovitish texnologiyalari, moy purkash va ichki bo‘shliqlar orqali sovitish usullarining samaradorligi tahlil etilgan. Shuningdek, porshen tubining konstruktiv shakllari va ularning dvigatel ish samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalari porshenlarni loyihalash va ishlab chiqarishda issiqlik rejimini optimallashtirish hamda ishonchlilikni oshirishga xizmat qiladi.
Downloads
References
1. Mikell P. Groover. "Introduction to Manufacturing Processes".- East Lansing, Michigan, AQSh: “Wiley”, 2018. - 750 bet.
2. Z. S. Spivakovsky. "Fundamentals of Metal Forming". – Moskva, Rossiya: “Mir Publishers”, 1979. – 400 с.